Freddi Guarin hayotidagi og'ir davrlar haqida gapirdi

Freddi Guarin hayotidagi og'ir davrlar haqida gapirdi
Kolumbiyalik sobiq futbolchi, Milaning «Inter» klubi safida to'p surgan Freddi Guarin hayotidagi murakkab davrlarni esladi. Guarinning aytishicha, «Inter»da u o'zini yaxshi his qilgan, biroq turmush o'rtog'i bilan ajrashganidan so'ng muammolar boshlangan.

Shundan keyin u ichkilikka berilib ketgan. Keyin Xitoyda shartnoma imzolagan, ammo u yerda ham ruhiy holati yanada og'irlashgan: u oilasidan juda uzoqda bo'lgani uchun yaqinlari taqdiridan ko'p xavotir olganini ta'kidladi.

Suhbat davomida u ota-onasi bilan tez-tez janjallashib qolganini, otasi doim mast bo'lganini ham aytdi. Guarin o'sha paytlarda o'z joniga qasd qilish haqida o'ylab, buni uch marta amalga oshirishga uringanini, biroq har safar omon qolganini bildirdi.

Uning so'zlarini Corriere della Sera nashri keltirdi. Freddi Guarin 2021 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.