Real va Barselona La Ligadan eng katta to‘lov oldi

Real va Barselona La Ligadan eng katta to‘lov oldi
Madridning “Real” klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra La Ligada televideniye huquqlaridan tushgan daromadlar bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ olgan klub bo‘ldi. “Qirollik klubi” audiovizual daromadlarni taqsimlashdan olingan mablag‘lar hajmi bo‘yicha reytingga yetakchilik qildi.

Bu haqda Marca xabar berdi. Liga chempionat ishtirokchilari o‘rtasida jami 1,292 milliard yevro taqsimladi.

Ushbu summaning eng katta ulushi “Real”ga tegdi — 157,92 mln yevro. Madridliklarning asosiy raqibi “Barselona” ham deyarli ortda qolmadi: klub 156,45 mln yevro ishlab oldi.

Uchlikni 108,17 mln yevro olgan “Atletiko” yakunladi. E’tiborlisi, faqat shu uch klub 100 million yevrolik ko‘rsatkichdan oshishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng kam mablag‘ “Leganes”ga nasib etdi — 39,93 mln yevro.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.