Gari Nevill "Arsenal"ni ogohlantirdi: "Siti" juda xavfli

Gari Nevill "Arsenal"ni ogohlantirdi: "Siti" juda xavfli
Angliyaning sobiq taniqli futbolchisi Gari Nevill Angliya chempionligi uchun kurash haqida fikr bildirdi. Hozirda turnir jadvalida birinchi o‘rinni "Arsenal" egallab turibdi.

"Manchester Siti" esa ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Siti" juda xavfli.

Ularda Holann bor, ularda Gvardiola bor. Maydonda ham, zaxira o‘rindig‘ida ham mutlaqo o‘ziga xos futbolchilar bor.

Bu, ehtimoliy jarohatlarni — masalan, Deklan Rays yoki yana bir-ikki futbolchining jarohatini — hisobga olmaganda, "Arsenal" uchun eng katta tahdid", — dedi Nevill Sky Sports efirida. "Arsenal" oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.