Betis 2025 yilda klub rekordini takrorladi

Betis 2025 yilda klub rekordini takrorladi
Betis 2025 yilning so‘nggi o‘yinida muxlislarini xursand qildi. Manuel Pellegrini boshqaruvidagi jamoa o‘z maydonida Xetafeni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etdi.

Opta statistika mutaxassislari qiziqarli faktni qayd etdi: Betis 2025 yilda bir kalendar yil ichidagi g‘alabalar soni bo‘yicha klub rekordini takrorladi. Yakunlanayotgan yilda "oq-yashillar" barcha musobaqalarda 29 ta g‘alabani nishonladi.

Bu rekord 2021 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda ham Betisning 29 ta g‘alabasi bor edi. O‘sha paytda ham "oq-yashillar"ga Manuel Pellegrini murabbiylik qilgan — u jamoa bilan 2020 yil avgustidan beri ishlamoqda.

Hozir Betis Ispaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.