Runi APL chempionligi uchun asosiy da'vogarlarni aytdi

Runi APL chempionligi uchun asosiy da'vogarlarni aytdi
Ueyn Runi Angliya chempionligi uchun kurash haqida gap ketganda «Liverpul»ni hisobdan chiqarmaydi. Biroq «Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi chempionlikka asosiy da'vogarlar sifatida boshqa jamoalarni ko'rmoqda.

«Agar «Liverpul» g'alabalar seriyasini boshlab, ketma-ket bir nechta o'yinda yutsa, ular kurashga shiddat bilan qo'shila oladi. Men ularni hisobdan chiqarmagan bo'lardim, ammo chempionlik uchun ikki asosiy da'vogar — «Arsenal» va «Manchester Siti».

Nazarimda, ular oldinga chiqib ketadi. «Aston Villa» ajoyib o'ynamoqda, lekin, o'ylaymanki, chempionlikni ikki jamoa hal qiladi», — dedi Runi BBC podkastida.

«Arsenal» Premer-ligada peshqadam, «Manchester Siti» esa ikki ochko ortda. «Liverpul» beshinchi o'rinda bormoqda, yetakchigacha — o'n ochko.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.