Vitor Roke "MYU" yoki "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

Vitor Roke "MYU" yoki "Chelsi"ga o‘tishi mumkin
Braziliyalik hujumchi Vitor Roke Kataloniyaning "Barselona" klubida o‘z o‘rnini mustahkamlab ololmagach, faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.

20 yoshli "Palmeyras" hujumchisini "Manchester Yunayted" va Londonning "Chelsi" klubi safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu kurashda poytaxt klubi favorit sifatida ko‘rilmoqda.

Transfermarkt tahlilchilariga ko‘ra, Rokening transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda. Uning "Palmeyras" bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yil oxirigacha amal qiladi.

Braziliya chempionati — 2025 mavsumida hujumchi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.