Rabio: Menyan meni «Milan»ga avvalroq ham chaqirgan

Rabio: Menyan meni «Milan»ga avvalroq ham chaqirgan
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio «Milan» darvozaboni Mayk Menyan uni klubga ancha oldin taklif qilganini aytdi. Rabioning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi suhbatlar uch-to‘rt yil avval, u Turinning «Yuventus» klubida o‘ynab yurgan paytida ham bo‘lgan.

«Mayk bu mavzuni uch-to‘rt yil oldin ham ko‘targan. Axir biz u bilan yaxshi do‘stmiz.

Lekin, ochig‘i, u dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri. Unga o‘xshaganlar kam.

Shuning uchun «Milan» futbolchisi sifatida chin dildan u biz bilan qolishiga umid qilaman. U bizga kerak», — deya Rabioning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Menyan 2021 yildan beri «Milan» safida o‘ynab kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.