Amorim Brunu Fernandeshni almashtirishning iloji yo‘qligini aytdi

Amorim Brunu Fernandeshni almashtirishning iloji yo‘qligini aytdi
Yarim himoyachi Brunu Fernandesh APLdagi navbatdagi «Nyukasl»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Ruben Amorimning aytishicha, Fernandeshni tarkibda almashtirishning iloji yo‘q.

«Brununi almashtirib bo‘lmaydi. Bugun ertalab buni jamoaga aytdim.

Agar bu yerda umuman ijobiy jihat topish mumkin bo‘lsa, bundan nimanidir ijobiy tomonga burishimiz kerak. Ko‘pchilik ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi.

Gap faqat ijodkorlikda emas. Har bir standart vaziyatda aynan Brunu jamoani tashkil qiladi.

U maydondagi har bir pozitsiyani tushunadi, har bir detaldan xabardor. Almashtirish bo‘lganda ham, aynan u boshqa futbolchilarga qayerda joylashishi kerakligini ko‘rsatadi», — dedi Amorim jurnalistlarga.

«MYU» va «Nyukasl» juma kuni, 26 dekabrda o‘ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.