«Piza» «Marsel» hujumchisi Nil Mopeni transfer qilishi mumkin

«Piza» «Marsel» hujumchisi Nil Mopeni transfer qilishi mumkin
«Marsel» hujumchisi Nil Mope faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. FootMercato xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisiga A Seriya autsayderlaridan biri — «Piza» qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mope yozda provansliklar klubiga kelib qo‘shilgandi. Biroq u deyarli o‘yin amaliyotisiz qolmoqda: mavsumning yarmi davomida fransuz «Marsel» safida atigi uchta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mopening avvalgi klublari orasida «Brayton», «Brentford» va «Everton» bor. U futbolchilik faoliyatini «Nitsa»da boshlagan.

29 yoshli forvard ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirishni yoqtiradi va tez-tez provokatsion postlar joylaydi. Maydonda ham, ayniqsa Angliyada, u vaqti-vaqti bilan raqiblarni qo‘zg‘atib, o‘zini tajovuzkor tutgani bilan ajralib turgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.