Martines Ronaldu 1000 gol sari intilish sirini aytdi

Martines Ronaldu 1000 gol sari intilish sirini aytdi
Krishtianu Ronaldu faoliyatida 1000 ta gol urgan ilk futbolchi bo‘lishni maqsad qilgan. Bu borada Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines fikr bildirdi.

Mutaxassis Ronaldu raqamlar ortidan quvmasligini, aksincha bugun bilan yashashini ta’kidladi. «Ronaldu bugun bilan yashagani uchun shuncha yutuqqa erishdi.

U maqsadlar haqida gapirganda uzoq muddatli o‘ylashdan qochadi: 1000 gol, ma’lum miqdordagi o‘yinlar… Uning siri — bugun o‘zining eng yaxshi talqini bo‘lish va har bir kundan zavq olish», — deya Martinesning so‘zlarini Marca nashri keltiradi. Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 954 ta gol urgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.