Kompani Angliyada 13 yil qishki tanaffus bo‘lmaganini aytdi

Kompani Angliyada 13 yil qishki tanaffus bo‘lmaganini aytdi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Angliyada Rojdestvo va Yangi yil davridagi tig‘iz taqvim haqida fikr bildirdi. «Angliyada 13 yil davomida menda qishki tanaffus ham, ta’til ham bo‘lmagan.

Bu davrda Angliyadagi futbolchilar uchun hammasi odatdagidek davom etadi. O‘yinlar soni hatto ko‘payadi va shunday tarzda jahon chempionatigacha davom etadi.

Bir paytlar butun yil davomida atigi olti kun dam olganman», — deya Kompanining so‘zlarini Reddit keltirdi. «Bavariya» qishki ta’tilga Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida ishonchli peshqadam bo‘lib yo‘l oldi.

Myunxenliklar ikkinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»sidan to‘qqiz ochko (41 ga 32) oldinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.