Endrik «Real»dan ketishiga JChM sabab bo‘lmaganini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik nega «Lion»ga ketishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi. Fransiya klubi 19 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlar bir necha oy avval paydo bo‘lgan, seshanba kuni esa bitim rasman tasdiqlandi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, Endrikning ketishidagi asosiy sabab jahon chempionatiga borish istagi emas.
Futbolchi Xabi Alonsoga o‘z salohiyatini isbotlamoqchi bo‘lgan, biroq murabbiy unga deyarli imkon bermagan. Vunderkind murabbiy ko‘proq ishonch bildirganida, jamoaga ancha foyda keltira olishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Endrik Fransiyaga jo‘nab ketishidan oldin «Real»dagilarga klubdagi hikoyasi hali yakunlanmaganini aytgan. Hujumchi qaytganidan keyin albatta muvaffaqiyatga erishishini ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlar bir necha oy avval paydo bo‘lgan, seshanba kuni esa bitim rasman tasdiqlandi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, Endrikning ketishidagi asosiy sabab jahon chempionatiga borish istagi emas.
Futbolchi Xabi Alonsoga o‘z salohiyatini isbotlamoqchi bo‘lgan, biroq murabbiy unga deyarli imkon bermagan. Vunderkind murabbiy ko‘proq ishonch bildirganida, jamoaga ancha foyda keltira olishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Endrik Fransiyaga jo‘nab ketishidan oldin «Real»dagilarga klubdagi hikoyasi hali yakunlanmaganini aytgan. Hujumchi qaytganidan keyin albatta muvaffaqiyatga erishishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













