Flik «Barselona»dan yanvarda himoyachi transferini so‘radi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni istamoqda. Sport xabariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis klub rahbariyatiga yanvar oyida yangi markaziy himoyachini imzolash zarurligini bildirgan.
Shuningdek, Flik qanot himoyachilari bilan bog‘liq vaziyatdan ham xavotirda, shu bois transfer bozorida ehtimol, qanotda ham o‘ynay oladigan markaziy himoyachiga ustuvorlik beriladi. «Barselona» La Liga turnir jadvalida 46 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
Kataloniyaliklar Madridning «Real»idan (42), «Atletiko»dan (37) va «Vilyarreal»dan (35) oldinda. Yaqinda matbuotda kataloniyalik grandning joriy qishda «arzonroq» himoyachini transfer qilish niyati borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shuningdek, Flik qanot himoyachilari bilan bog‘liq vaziyatdan ham xavotirda, shu bois transfer bozorida ehtimol, qanotda ham o‘ynay oladigan markaziy himoyachiga ustuvorlik beriladi. «Barselona» La Liga turnir jadvalida 46 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
Kataloniyaliklar Madridning «Real»idan (42), «Atletiko»dan (37) va «Vilyarreal»dan (35) oldinda. Yaqinda matbuotda kataloniyalik grandning joriy qishda «arzonroq» himoyachini transfer qilish niyati borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













