Bulykin Kvaratsxeliya hali cho‘qqisiga chiqmadi, dedi

Bulykin Kvaratsxeliya hali cho‘qqisiga chiqmadi, dedi
Sobiq futbolchi Dmitriy Bulykin joriy mavsumda «PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘yinlari haqida fikr bildirdi. «U hali cho‘qqisiga chiqmadi.

Umid qilamiz, hali chiqadi. Hozircha bu undan kutilayotgan daraja emas.

Uning “Oltin to‘p”ga da’vogarlar uchligiga kirishini yoki shunga o‘xshash natijani ko‘rishni istaymiz», — deya ekspert so‘zlarini Legalbet keltiradi. Joriy mavsumda Kvaratsxeliya barcha musobaqalarda parijliklar safida 21 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt gruziyalik futbolchini 90 mln yevroga baholamoqda. 4-yanvar kuni «PSJ» Liga 1ning 17-turida «Parij»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.