Lebyo'f Mbappe Zidan darajasiga yeta olmasligini aytdi

Lebyo'f Mbappe Zidan darajasiga yeta olmasligini aytdi
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyo'f ikki vatandoshi — Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe va «qaymoqranglilar»ning sobiq futbolchisi Zinedin Zidanni taqqosladi. Mutaxassis fikricha, Zidanning darajasi shu qadar yuqoriki, Mbappe unga yeta olmaydi.

«Albatta yo‘q, ularni solishtirib bo‘lmaydi. U hech qachon Zidanga yetib ololmaydi va, ehtimol, hech kim unga yetib ololmasa kerak», — Lebyo'fning so‘zlarini Goal keltiradi.

Zinedin Zidan 2006 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. «Real»dan tashqari, fransuz «Yuventus» va «Bordo» klublarida ham o‘ynagan.

U Italiya chempionatining ikki karra g‘olibi va Ispaniya chempioni hisoblanadi. Fransiya terma jamoasi safida Zidan 1998 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.