Ponomaryov: Munosib terma jamoalar Rossiya bilan o‘ynamaydi

Ponomaryov: Munosib terma jamoalar Rossiya bilan o‘ynamaydi
Moskvaning CSKA klubi sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov Rossiya terma jamoasi 2026 yilda jahon chempionati ishtirokchilariga qarshi ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. "U yerda shunday terma jamoalar bor, umuman tushunarsiz.

Munosib terma jamoalar hozircha bizning oldimizga kelmaydi. Ularga pul kerak emas, faqat juda katta pul bo‘lsa, balki", — deya ekspertning so‘zlarini Legalbet keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA va UEFA qaroriga ko‘ra Rossiya terma jamoasi xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan. Valeriy Karpin shogirdlari so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Chili terma jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.