Real Alaba bo'yicha yakuniy qaror qabul qildi

Real Alaba bo'yicha yakuniy qaror qabul qildi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi David Alaba mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. 33 yoshli futbolchi bilan kelajakda xayrlashish bo'yicha qaror allaqachon qabul qilingan.

ESPN xabariga ko'ra, "qirollik" klubi avstriyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaydi. Amaldagi kelishuv muddati kelasi yozda tugagach, Alaba "qaymoqranglilar" safini erkin agent sifatida tark etadi.

David Alaba 2021 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u maydonga atigi to'rt marta tushdi.

Umuman olganda, u madridlik grand safida barcha musobaqalarda 120 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.