Sevilya futbolchisi Markao olti o'yinga chetlatildi


Sevilya himoyachisi Markao Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi intizom qo\'mitasidan jiddiy jazoga tortildi. Marca nashrining xabariga ko\'ra, Markao \"Real\"ga qarshi safar uchrashuvida sodir etgan harakatlari uchun olti o\'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Braziliyalik futbolchi maydondan chetlatilganidan so\'ng bosh hakamni qo\'pol so\'zlar bilan haqorat qilgan. Jazoning eng og\'ir qismi aynan hakamga qilingan haqorat va og\'zaki hujumlar uchun belgilandi.
Shu sababli Markao to\'rt o\'yinga chetlatildi. Qolgan ikki o\'yinlik diskvalifikatsiya esa ikki sariq kartochka va sportga zid xatti-harakatlari uchun berildi.
Eslatib o\'tamiz, \"Sevilya\" safarda \"Real\"ga 0:2 hisobida mag\'lub bo\'lgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













