Fenerbahche Goretska transferiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi

Fenerbahche Goretska transferiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi
Leon Goretskaning «Bavariya» bilan shartnomasi yakuniga yetmoqda va futbolchiga qiziqayotgan klublar safi tobora kengayib bormoqda. Ular orasida Italiya hamda Ispaniya jamoalari bor, biroq hozircha eng jiddiy nomzod Turkiyaning «Fenerbahche» klubi ekani aytilmoqda.

Bu haqda turkiyalik jurnalist Ekrem Konur ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, «Fenerbahche» futbolchining vakillari bilan yangi muzokaralar o‘tkazgan.

Yaqin orada vaziyatga aniqlik kiritilishi kutilmoqda. «Yuventus», «Napoli», «Galatasaray», «Sevilya», «Atletiko», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Goretskaning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunda yakunlanadi. Hozirda Istanbul klubi Turkiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Galatasaray»dan uch ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.