De Rossi Spallettini dahosi borligini aytdi

De Rossi Spallettini dahosi borligini aytdi
Hozirda "Jenoa"ni boshqarayotgan Daniele de Rossi avval "Roma"da o'ynagan va u yerda Luchano Spalletti bilan birga ishlagan. U Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hamda Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi haqida juda yuqori fikr bildirdi.

"Spalletti dahodir, u hech qachon bekorga hech narsa talab qilmaydi, uning barcha talablarida oqilona fikr bor. Jamoaviy brifinglarda u aytgan hamma gapni shimgichdek singdirib olardim.

U menga juda ko'p narsalarda ko'zimni ochdi va futbolga bo'lgan qarashimni o'zgartirdi", — de Rossining so'zlarini dcinter1908.it keltiradi. Hozir Spalletti Turin "Yuventus"ini boshqarmoqda, u joriy mavsum davomida klubni qabul qilib olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.