Goal Yamal, Mbappe va Holandni ramziy jamoaga kiritdi

Goal Yamal, Mbappe va Holandni ramziy jamoaga kiritdi
Goal nashri jurnalistlari Yevropa ligalarining eng yaxshi futbolchilaridan ramziy jamoa tuzdi. Ushbu tarkibdan Garri Keynga joy topilmadi, garchi angliyalik futbolchi joriy mavsumda «Bavariya» safida 25 o‘yinda 30 ta gol urgan bo‘lsa ham.

Ramziy jamoa quyidagicha: Kurtua («Real») — Timber («Arsenal»), Upamekano («Bavariya»), Gabriel Magalyans («Arsenal»), Nunu Mendesh («PSJ») — Pedri («Barselona»), Vitinya («PSJ») — Lamin Yamal («Barselona»), Luis Dias («Bavariya»), Kilian Mbappe («Real»), Erling Holand («Manchester Siti»). Qayd etilishicha, Chempionlar ligasi amaldagi sovrindori — «PSJ».

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.