Koloskov Rossiya terma jamoasi darajasini baholashga shoshilmadi

Koloskov Rossiya terma jamoasi darajasini baholashga shoshilmadi
Rossiya futbol ittifoqining sobiq bosh kotibi Vyacheslav Koloskov «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida Rossiya milliy terma jamoasining darajasi haqida fikr bildirdi. «Terma jamoa chetlatilgan va rasmiy turnirlarda qatnashmayotgan paytda uning darajasi haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

U turnirlarga qaytgach, shundagina uning haqiqiy darajasi va istiqbollari haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Hozircha buni qilishning iloji yo‘q», — dedi Koloskov.

Milliy terma jamoa xalqaro turnirlardan noma’lum muddatga chetlatilgan, bu holat klublarga ham taalluqli. Rossiyalik futbolchilar 2022 yil fevralidan beri musobaqalarda ishtirok etmayapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.