APL 18-turi davom etmoqda: bugun yettita qiziqarli uchrashuv...

APL 18-turi davom etmoqda: bugun yettita qiziqarli uchrashuv...

Bugun Angliya Premer-ligasining 18-turi rasman boshlandi. Turning ochilish bahsida \"Manchester Yunayted\" hamda \"Nyukasl\" o‘zaro kuch sinashdi va turga start berildi. Mezbonlar minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.

Asosiy intriga esa aynan bugungi kunga to‘g‘ri kelmoqda. 18-tur doirasida tomoshabinlarni bir vaqtning o‘zida 7 ta bellashuv kutmoqda. Qator markaziy o‘yinlar, chempionlik va yevrokuboklar uchun kurash nuqtayi nazaridan muhim to‘qnashuvlar muxlislar e’tiborida bo‘ladi.

Xususan, soat 17:30 da \"Nottingem Forest\" o‘z maydonida \"Manchester Siti\"ni qabul qiladi. Bu bahs turning eng kutilgan o‘yinlaridan biri hisoblanadi.

Soat 20:00 dan esa bir vaqtning o‘zida beshta uchrashuv start oladi. Ular orasida Arsenal – Brayton, Liverpul – Vulverxempton kabi qiziqarli to‘qnashuvlar bor. Shuningdek, Brentford – Bornmut, Byornli – Everton va Vest Xem – Fulxem uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.

Turning yakuniy va markaziy bahslaridan biri soat 22:30 da bo‘lib o‘tadi. Unda \"Chelsi\" Londonda \"Aston Villa\"ni mehmon qiladi.

Qisqasi, APL 18-turi muxlislarga to‘laqonli futbol kechasini va yuqori sur’atli, intrigaga boy o‘yinlarni va’da qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.