Florensi "Milan" bilan skudetto yutgani haqida gapirdi

Florensi "Milan" bilan skudetto yutgani haqida gapirdi
2021 yilda avval "Roma" va "PSJ"da o'ynagan Alessandro Florensi "Milan"ga kelib qo'shildi va darhol 2021/2022 yilgi unutilmas mavsumda Italiya chempioni bo'ldi. O'shanda jamoani Stefano Pioli boshqargan.

Florensining aytishicha, bu voqea uning faoliyatidagi eng yaxshi xotiralardan biri. "O'sha mavsum noodatiy bo'lgan: avval Chempionlar ligasidan chiqib ketganimizdan keyin katta hafsalapirlik bo'ldi, chempionatda esa "Inter"dan ortda qolayotgandik.

Fevralga kelib barcha kuchimizni chempionatga qaratdik va bunga erishdik. Bu jamoaviy g'alaba edi, o'sha mavsum jamoaning energiyasi ayniqsa kuchli bo'lgan", — futbolchining so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Milan" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.