Elmas Lukaku bilan o‘ynash yoqishini aytdi

Elmas Lukaku bilan o‘ynash yoqishini aytdi
Shimoliy makedoniyalik futbolchi, Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Elif Elmas jamoa sherigi — belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku haqida fikr bildirdi. «Lukaku — katta, tajribali, biz uchun muhim futbolchi.

U jamoa uchun o‘ynaydigan futbolchi. U bilan birga o‘ynash menga juda yoqadi, Romeludan o‘rganadigan jihatlarim bor», — deya Elmasning so‘zlarini fcinter1908.it keltiradi.

Avvalroq Lukaku A Seriyada ham to‘p surgan, o‘shanda u «Inter» safida, Antonio Konte qo‘l ostida o‘ynagan. Ular 2021 yilda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Hozir «Napoli» A Seriyada uchinchi o‘rinda bormoqda va yaqin dam olish kunlari chempionat doirasida «Kremoneze»ga qarshi o‘ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.