Gvardiola APLda yetakchilikka chiqqan Siti haqida gapirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 18-turidan keyin jamoasining turnir jadvalidagi holati yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa 18 ta o\'yin o\'tkazib, birinchi davrani yakunladi va ikkinchi davrada ham bugungidek qiyin bahslar ko\'p bo\'ladi. U APL tobora murakkablashib borayotganini ta\'kidlab, eng muhimi yuqori o\'rinlarda qolish ekanini qo\'shimcha qildi. Gvardiola bugungi natija — g\'alaba yoki mag\'lubiyat — mavsum taqdirini hal qilib qo\'ymasligini, oldinda hali ko\'plab uchrashuvlar borligini aytdi.
27 dekabr kuni bo\'lib o\'tgan «Nottingem Forest» — «Manchester Siti» uchrashuvi Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi g\'alabasi bilan yakunlandi. «Siti» APL jadvalida peshqadam bo\'lib turibdi, biroq ikkinchi o\'rindagi «Arsenal»ning bitta zaxira uchrashuvi bor.













