Korneev Atalanta Inter uchrashuvida favoritni aytdi

Korneev Atalanta Inter uchrashuvida favoritni aytdi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi, hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Igor Korneev A Seriyaning 17-turida bo‘lib o‘tadigan “Atalanta” — “Inter” bahsidan kutayotganlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis fikricha, bu to‘qnashuvda “Inter” yaqqol favorit. Korneev milanliklarning gol urish ko‘rsatkichiga e’tibor qaratib, “Atalanta” uchun asosiy tayanch omil faqat o‘z maydoni bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. U bu haqda “Match TV” efirida gapirdi.

Uchrashuv ertaga, 28 dekabr kuni Bergamodagi “Atalanta” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Italiya chempionatida 16 turdan so‘ng “Atalanta” 22 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda, 33 ochkoga ega “Inter” esa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.