Spalletti Yildiz o'yinidan hayratda qolganini aytdi

Spalletti Yildiz o'yinidan hayratda qolganini aytdi

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Piza»ga qarshi 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng Kenan Yildizning o‘yinini alohida maqtadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli hujumchi 92-daqiqada gol urib, hisobni yakuniy ko‘rinishga keltirdi va jamoasiga g‘alabani mustahkamlab berdi.

Spallettining ta’kidlashicha, Kenan jamoaning «o‘nlik» futbolchisi bo‘lib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak. Murabbiy uni o‘g‘lidek ko‘rishini aytib, Yildiz har qanday pallada o‘yin taqdirini o‘zgartirishga qodir ekanini, uning fe’l-atvori va maydondagi sifatlariga shubha qilmasligini bildirdi.

Joriy mavsumda Yildiz A Seriyada 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani hisobiga yozdirgan. Yosh turk futbolchisi bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham «Yuventus»da eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.