Edinson Kavani futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

Edinson Kavani futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

PSJ, “Manchester Yunayted” va Urugvay terma jamoasida to‘p surgan tajribali hujumchi Edinson Kavani futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 38 yoshli forvard bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Men qoniqish bilan ketayapman. Har bir mashg‘ulotda ham, har bir o‘yinda ham o‘zimdagi borini berdim. Futbol menga juda ko‘p narsani berdi. Faoliyatimda xatolar ham, to‘g‘ri qarorlar ham bo‘lgan”, — deb yozdi Kavani.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kavani professional faoliyati davomida 745 ta uchrashuvda maydonga tushib, 404 ta gol urgan va 79 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.