EChL: Bugun nimchorak final uchrashuvlari boshlanadi


Bugun Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlariga start beriladi. Shu hafta va kelasi haftalar davomida sakkizta juftlikda jamoalar o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
Jumladan, Portugaliyaning \"Benfika\" jamoasi bugun o‘zida Dortmundning \"Borussiya\" klubini qabul qiladi. Kataloniyaning \"Barselona\" jamoasi bo‘lsa Parijda \"PSJ\" bilan o‘ynaydi. Mana shu o‘yin ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lishi turgan gap.
Ertaga \"Real\" Madridda \"Napoli\"ni kutib oladi. Londonning \"Arsenal\" jamoasi bo‘lsa, Myunxenda \"Bavariya\"ga qarshi maydonga chiqadi. Bir-biridan qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarga guvoh bo‘lamiz.
\"Manchester Siti\", \"Yuventus\", \"Atletiko\"lar kelasi hafta maydonga chiqishadi.
Ushbu tur anonsi bilan tanishing:

Manba: www.uff.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













