Ronaldu Globe Soccer Awardsdagi sovrindan so‘ng gapirdi

Ronaldu Globe Soccer Awardsdagi sovrindan so‘ng gapirdi

Krishtianu Ronaldu yakshanba oqshomida Globe Soccer Awards marosimida navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi. U ketma-ket uchinchi bor «Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mukofot topshirilgach, Ronaldu yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirdi. «Globe Soccer Awards’ga rahmat. Bu yerda futbolchilar, klub prezidentlari va agentlarni ko‘rish men uchun katta mamnuniyat. Rahmat! Gala-kecha men yoqtiradigan tadbirlardan biri, chunki bu yerda juda ko‘p ajoyib insonlarni uchrataman. Ayniqsa doim qo‘llab-quvvatlaydigan rafiqamni», — dedi u.

40 yoshli hujumchi klub darajasida «Al-Nasr» sharafini himoya qiladi. Ronaldu Saudiya Arabistoni jamoasida 2023 yildan beri to‘p surmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.