Manchester Yunayted Ugarte savdosidan 25 mln yevro olishi mumkin

Manchester Yunayted Ugarte savdosidan 25 mln yevro olishi mumkin

Manchester Yunayted yarim himoyachisi Manuel Ugartega boshqa klublar qiziqishi susaymayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer News Live Fotomacga tayanib yozishicha, 24 yoshli urugvaylik futbolchini Galatasaray hamon o'z safiga qo'shib olish niyatida. Turkiya grandi Ugarte bo'yicha ijara va keyinchalik 25 mln yevroga sotib olish bandi kiritilgan taklif bilan chiqishga tayyor.

Futbolchining vaziyatini fransuz Lion hamda italiyalik Napoli ham diqqat bilan kuzatmoqda. Ugarte joriy mavsum Ruben Amorim jamoasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi, Transfermarkt esa uning bozor qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.