Vitinya Globe Soccer Awardsda yilning eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘ldi

PSJ va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Vitinya Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi yarim himoyachisi mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nufuzli taqdirlash marosimi Dubayda bo‘lib o‘tmoqda. 2025 yilning eng kuchli хавбеки sifatida e’tirof etilgan Vitinya jahon futbolining bir qator yulduzlarini ortda qoldirdi.
Mukofot uchun nomzodlar safida “Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem, PSJdan Joau Nevesh, “Chelsi” vakili Koul Palmer hamda “Barselona” futbolchisi Pedri ham bor edi.
Globe Soccer Awards sovrini yil davomida klub va xalqaro arenadagi o‘yinlari bilan ajralib chiqqan futbolchilarni taqdirlaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













