Verder ukrainalik himoyachini tarkibiga qo'shishni istaydi

Verder ukrainalik himoyachini tarkibiga qo'shishni istaydi

Donetskning «Shaxtyor» klubi va Ukraina milliy jamoasi himoyachisi Yefim Konoplya Germaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sport.ua xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchiga Bremenning «Verder» klubi qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi rahbariyati uni yanvar oyidagi transferlar oynasida olib kelishni rejalashtirmoqda.

Konoplyaning transfer qiymati 5 million yevroga baholanmoqda. Himoyachining «Shaxtyor» bilan amaldagi shartnomasi esa kelasi yil yozida yakuniga yetadi.

2025/2026 yilgi mavsumning birinchi yarmida u 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.