Andronov Arsenal va Aston Villa o'yinida gollarni taxmin qildi

Andronov Arsenal va Aston Villa o'yinida gollarni taxmin qildi

Angliya chempionatining 19-turi doirasida Londonning «Arsenal» jamoasi o'z maydonida Birmingem vakili «Aston Villa»ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv oldidan taniqli sharhlovchi Aleksey Andronov o'z prognozi bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Andronovning fikricha, uchrashuvda ehtiyotkor, pozitsion futbol emas, balki hujumkor uslub ustun bo'ladi. U eng maqbul variant sifatida «ikkalasi ham gol uradi» tikishini tilga oldi va «Aston Villa» aynan bitta gol kiritishini kutayotganini aytdi.

«Arsenal» – «Aston Villa» uchrashuvi bugun, 30 dekabr kuni «Emirates» stadionida bo'lib o'tadi va start hushtagi 01:15 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. O'yin oldidan «kanonirlar» turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi, mehmonlar esa uchinchi o'rinda joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.