Tottenhem Brennan Jonsonni Kristal Pelasga sotishga kelishdi

Hujumchi Brennan Jonson yaqin vaqt ichida klubini o‘zgartirishi mumkin. The Athletic xabariga ko‘ra, «Kristal Pelas» futbolchini «Tottenhem»dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tomonlar transfer narxini taxminan 40 million yevro atrofida belgilagan.
Shu bilan birga, 24 yoshli Jonsonning o‘zi hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan. Futbolchiga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda, «Kristal Pelas» esa variantlardan biri xolos.
2025/2026 yilgi mavsumda Jonson 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Transfermarkt portali Jonsonning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













