Arrigo Sakki A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi sifatida Hoylunni tanladi

Arrigo Sakki A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi sifatida Hoylunni tanladi

Italiyada katta obro‘-e’tiborga ega, «Milan»ni uning eng yorqin davrida boshqargan Arrigo Sakki A Seriyada eng yaxshi markaziy hujumchi kimligi borasida o‘z tanlovini bildirdi. Mutaxassisning fikricha, daniyalik forvard Rasmus Hoylunning o‘yini juda kuchli taassurot qoldirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Markaziy hujumchi sifatida men Hoylunni tanlagan bo‘lardim. Konte qo‘l ostida u qanday o‘sishga erishganini ko‘rdingizmi? «Manchester Yunayted»da u hech qachon bunday bo‘lmagan», — deya Sakkining so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Eslatib o‘tamiz, neapolliklar hozirda A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni jamoa «Latsio»ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.