Lamin Yamal Barselona mashg'ulotini erta tark etdi

Lamin Yamal Barselona mashg'ulotini erta tark etdi

“Barselona”ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal jamoa bilan mashg\'ulotni to\'liq o\'tkaza olmadi. Mundo Deportivo xabariga ko\'ra, u mashg\'ulot boshlanganidan atigi besh daqiqa o\'tib “ko\'k-anorranglilar”ning trening bazasini tark etishga majbur bo\'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining holati “umumiy holsizlik” sifatida baholanmoqda. Muammo jiddiy emas va “Barsa” hujumidagi yetakchilardan birining shanba kungi “Espanyol”ga qarshi derbida maydonga tushishiga, katta ehtimol bilan, xavf solmaydi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Joriy mavsumda Hans-Diter Flik qo\'l ostidagi jamoa safida Yamal 20 o\'yinda 9 ta gol urib, 11 ta golli uzatma muallifi bo\'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.