Kapello Allegri Milan futbolchilarini tartibga solishiga ishonadi

Kapello Allegri Milan futbolchilarini tartibga solishiga ishonadi

“Milan”ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello jamoaning hozirgi ustozi Massimiliano Allegri A Seriyada autsayder va o‘rtamiyona raqiblarga qarshi o‘yinlarda ko‘p uchrayotgan muhim muammoni bartaraf eta olishiga ishonmoqda. Gap, aynan shunday uchrashuvlarda konsentratsiya pasayib, jamoa muntazam ochko yo‘qotayotgani haqida bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kapelloning ta’kidlashicha, mavsumning birinchi qismida “Milan” o‘rtamiyona jamoalarga qarshi bahslarda ayrim vaziyatlarda e’tibor yetishmasligi sabab qiyinchiliklarga duch kelgan. U Allegri bu nuqsonni to‘g‘rilab, jamoa o‘yinini tizimlashtirishini kutmoqda, deb yozadi pianetamilan.it.

Ayni paytda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.