Nkunku jarohat oldi va Kalyari bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Italiya chempionati 2-yanvar kuni qayta start oladi. Shu kuni «Milan» «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi, biroq uchrashuv arafasida Massimiliano Allegri hujum chizig‘ida muammolarga duch keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rafael Leauning maydonga qaytishi hamon cho‘zilib ketayotgani sabab uning ishtiroki noaniq. Bundan tashqari, avvalgi o‘yinda jamoaga yordam bergan Kristofer Nkunku ham mashg‘ulot paytida jarohat oldi va «Kalyari»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor. Bu haqda Sky Sports’ning Italiya bo‘limida ishlovchi jurnalist Peppe di Stefano xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













