Xoland Sarukyanga avtografli sovg‘a yo‘lladi (rasm)

“Manchester Siti”ning mashhur hujumchisi Erling Xoland UFC\'ning yengil vazn toifasida to‘p surayotgan jangchi Arman Sarukyanga o‘ziga xos sovg‘a taqdim etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, norvegiyalik futbolchi Sarukyanga shaxsiy imzosi qo‘yilgan futbolkasini yuborgan. Sovg‘ani qabul qilib olgan Arman Sarukyan uni ochish jarayonini video tasvirga olib, o‘zining rasmiy Telegram kanalida muxlislari bilan bo‘lishdi.
Ushbu sovg‘a sport olamining ikki yo‘nalish vakili o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va qiziqarli aloqalarni yana bir bor namoyon etdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













