PSJ g'alabasiga qaramay Zabarniy eng past baho oldi

Fransiya chempionatining 17-turida PSJ o\'z maydonida “Parij”ni 2:1 hisobida mag\'lub etdi. Uchrashuvdan so\'ng Sofascore Luis Enrike jamoasi futbolchilarining o\'yiniga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Statistik platforma reytingiga ko\'ra, parijliklar safida eng past ko\'rsatkich ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniyga tegishli bo\'ldi — u 5,9 ball oldi. O\'yinda Zabarniy o\'z jarima maydonida qoida buzdi va natijada mehmonlar 11 metrlik jarima zarbasidan gol urdi.
23 yoshli futbolchi PSJ safiga 2025 yil yozida kelib qo\'shilgan. U poytaxt klubi bilan 2029/2030 yilgi mavsum yakunigacha mo\'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













