Igor Sergeyevning Erondagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Igor Sergeyevning Erondagi maoshi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan mavsumni «Paxtakor» safida o‘tkazgan Igor Sergeyev faoliyatini Eron chempionatida davom ettirish arafasida turibdi.

Eronlik insayder Hatam Shiralizadehning ma’lum qilishicha, hujumchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Barcha jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sergeyev «Persepolis» klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi. 18 oylik kelishuv doirasida eronlik klub futbolchiga 1,5 million AQSH dollari miqdorida maosh to‘laydi.

Qayd etish joiz, ayni paytda «Persepolis» safida yana bir vatandoshimiz — Oston O‘runov ham to‘p surmoqda. Shuningdek, Hojiakbar Alijonov ham eronliklar uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.