Real Ispaniya Superkubogida 9 mln yevrogacha topishi mumkin

Real Ispaniya Superkubogida 9 mln yevrogacha topishi mumkin

Ispaniya Superkubogida ishtirok etish Madridning “Real” klubi uchun sezilarli daromad olib kelishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario AS xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” turnir o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistoniga kelgani uchunning o‘zida taxminan 6,15 mln yevro kafolatlangan mablag‘ oladi. Agar “Real” finalga chiqsa, yana 1 mln yevro bonus qo‘shiladi. Hal qiluvchi bahsdagi g‘alaba esa madridliklar hisobini qo‘shimcha 2 mln yevroga boyitadi. Shunday qilib, jami tushum 9 mln yevrodan ham oshishi mumkin — atigi ikki uchrashuv uchun.

8-yanvar kuni Xabi Alonso jamoasi yarim finalda “Atletiko”ga qarshi maydonga tushadi. Derby g‘olibi kubok uchun finalda “Barselona” yoki “Atletik” (Bilbao) bilan to‘qnash keladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.