Paolo Maldini Maduro atrofidagi hibsni qoʻllab-quvvatladi

Paolo Maldini Maduro atrofidagi hibsni qoʻllab-quvvatladi

Italiyaning «Milan» klubi afsonasi Paolo Maldini ijtimoiy tarmoqlarda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan bogʻliq voqealarga munosabat bildirdi. U AQSH kuch tuzilmalari tomonidan Maduroning qoʻlga olinishi sifatida talqin qilinayotgan holat fonida, Venesuela shaharlarida odamlar quvonayotgan lavhalar aks etgan videolarni repost qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga koʻra, Maldinining bunday pozitsiyasi oilaviy omillar bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin: uning rafiqasi Adriana Fossa Venesueladan. Shu sababli ularning oʻgʻli Daniel Maldini bir muddat Venesuelaning bolalar va yoshlar terma jamoalarida ham oʻynagan, keyin esa Italiya terma jamoasini tanlab, hozirgacha u safida olti uchrashuvda maydonga tushgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.