Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda uch so'z yozdi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda uch so'z yozdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida navbatdagi postini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

40 yoshli futbolchi sport zalidan olingan suratni ulashib, «Tayyor va diqqatim jam», deya yozib qoldirdi.

Saudiya chempionatining joriy mavsumida tajribali to'puror 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

12-turdan so'ng «Al-Nasr» 31 ochko bilan jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda. Ronaldu jamoasi yetakchi «Al-Hilol»dan atigi bir ochkoga ortda qolgan. Keyingi turda ikki yetakchi o'zaro bahs olib boradi, uchrashuv dushanba kuni, 12-yanvar sanasida bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.