Fransuz futbolchisi Tailandda selfi paytida halok bo'ldi

Fransuz futbolchisi Tailandda selfi paytida halok bo'ldi

Tailandda fojia yuz berdi: ta'tilni sevgilisi bilan orollardan birida o'tkazayotgan yosh fransuz futbolchisi Aleksis Vergos mashhur Na Muang 2 sharsharasiga sayr qilishga bordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Juftlik sharshara yaqinida selfi olishga uringan paytda sirpanchiq toshlardan yiqilib ketgan. Qiz omon qolgan va telefon orqali qutqaruvchilarga qo'ng'iroq qilishga ulgurdi, biroq futbolchini qutqarib qolishning imkoni bo'lmadi.

Marhum futbolchi to'p surgan «Kimpera» klubi matbuot xizmati Aleksis Vergosning vafoti haqidagi xabarni tasdiqladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.