Arne Slot Arsenal bilan durangdan keyin muammoni ochiqladi

Arne Slot Arsenal bilan durangdan keyin muammoni ochiqladi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoasi bu mavsum qayta-qayta duch kelayotgan muammolar haqida yana bir bor fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Merisaydliklar ikkinchi bo‘limda ancha faol va ishonchli o‘ynadi, biroq «Arsenal»ning tartibli himoyasini yorib o‘ta olmadi. Tur markaziy uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.

«Buni men ko‘p marta aytganman: ayrim uslubdagi raqiblarga qarshi juda yaxshi o‘ynaymiz, lekin boshqa uslublarga qarshi doim qiyinchilikka duch kelamiz. Bugun ham shuni ko‘rdingiz: uzoq vaqt to‘p bizda bo‘ldi, ammo «Arsenal»ning past blokini buzib, aniq gol vaziyatini yarata olmadik. Ishlashimiz kerak bo‘lgan jihat shu. Jadvalda «Arsenal»dan ortda qolayotganimizning sababi ham shunda», — deya Slotning so‘zlarini BBC keltirdi.

«Liverpul» 35 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa 49 ochko bilan hamon peshqadam.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.