Xabi Alonso Realning Atletikoga qarshi derbisini tahlil qildi

Xabi Alonso Realning Atletikoga qarshi derbisini tahlil qildi

Madridning «Real» klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Federiko Valverde «qaymoqranglilar»ni oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada esa Rodrigo hisobni 2:0 ga yetkazdi. «Atletiko» 58-daqiqada Aleksandr Sorlothning goli bilan javob qaytardi.

Matbuot anjumanida Xabi Alonso derbi nihoyatda ogʻir kechganini taʼkidladi: «Juda murakkab o‘yin bo‘ldi. Dastlabki daqiqalardagi Fede goli bizga katta yordam berdi. Ko‘p himoyalanishga to‘g‘ri keldi. Yigitlar “Atletiko”ga qarshi qanday o‘ynashni bilishini va kurashishga tayyorligini ko‘rsatdi. O‘yin davomida, hatto 2:0 va 2:1 hisobida ham, doimiy tuzatishlar kiritishga majbur bo‘ldik — sovrinlar aynan shunday yondashuv bilan yutib olinadi», — dedi u.

Superkubok finalida «Real» «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. «El klasiko» 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.