Alisson Dyokereshdan besh baravar ko‘p to‘pga tegdi

Alisson Dyokereshdan besh baravar ko‘p to‘pga tegdi

APLning 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Arsenal» – «Liverpul» uchrashuvida muxlislar gol ko‘rmadi. London va mersisaydliklar 0:0 hisobida durang qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Kanonirlar» hujumchisi Viktor Dyokeresh bu safar ham o‘zini yaqqol ko‘rsata olmadi: u butun o‘yin davomida darvozaga birorta zarba bermadi. Shvetsiyalik futbolchi atigi 8 marta to‘pga tegdi, mehmonlar darvozaboni Alisson Beker esa 40 ta teginish bilan undan roppa-rosa besh baravar ko‘p ko‘rsatkich qayd etdi.

27 yoshli forvard 64-daqiqada zaxiraga olindi. Dyokeresh o‘tgan yozda Lissabondagi «Sporting»dan «Arsenal»ga qariyb 66 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan.

Mikel Arteta jamoasi APL jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchilaridan 6 ochko oldinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.